Türk-Özbek İş Forumunda yapılan konuşma
Hurmatli Bosh vazir o’rinbosari
janob Jamshid Qo’chqorov!
Istanbul savdo palatasi raisi
janob İbrahim Çağlar!
Hurmatli davlat vakillari!
Turk va o’zbek ish doiralarining
qadrli vakilları!
Muhtaram o’zbek qardoshlarimiz!
Bugun Sizlar bilan birga bo’lib turishdan bag’oyat baxtiyormiz. Bu uchrashuvning bo’lib o’tishiga fursat yaratgan har ikkala tomonning mas’ullariga o’z minnatdorchiligimni izhor etaman.
Turkiya iqtisodiyotining yuragi urib turgan, jahon shahri bo’lgan Istanbuldan katta ishbilarmonlar delegaziyasiga Toshkentda mezbonlik qilish biz uchun ham quvonch manbai, ham bir o’zgachalikdir.
Bir ming sakkiz yuz sakson ikkinchi yılda tuzilgan va to’rt yuz mingdan ortiq a’zosi mavjud bo’lgan Istanbul savdo palatasi Turkiyaning chuqur ildiz otgan, eng katta kasbiy tashkilotlaridan biridir.
Istanbul – Turkiya iqtisodiyotining yuragidir. Ikki ming o’n oltinchi yilda Turkiya bir yuz qirq ikki butun ondan beş milliard A.Q.Sh. dollari miqdorida eksport qilgan. Bu davrda Istanbulning eksportimizga qo’shgan hissasi yetmish to’rt butun ondan sakkiz milliard dollarni tashkil etgan. Boshqacha qilib aytganda, Turkiyaning jami eksportidagi ellik ikki foizlik ulush Istanbulga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari, Turkiyaning yalpi ichki mahsulotidagi Istanbulning ulushi 30 foiz atrofida. So’nggi besh yilda olib borilgan statistik tadqiqotlar, Istanbulning bugungi iqtisodiy kattaligi bilan alohida davlat bo’lsa, jahonning birinchi 45 iqtisodiyotida o’rin olishini, Mısr, Portugaliya, Irlandiya, Chexiya, Filippin, Pokiston, Ruminiya, Ukraina va Vengriya kabi davlatlardan o’zib keta olishini ko’rsatgan.
Qadrli ishtirokchilar!
Turkiya mustaqillikning birinchi kunlaridanoq O’zbekistonning milliy davlati va iqtisodiyotini mustahkamlash jarayonini qo’llab-quvvatlash uchun butun imkoniyatini safarbar qilgan. Munosabatlarimiz mustaqillikdan so’ng jadal taraqqiy etgan. O’tgan davrda ba’zi qoqilishlar ro’y bergan bo’lsa-da, Prezidentimiz janob Recep Tayyip Erdoğanning o’tgan yili noyabr oyida Samarqandda muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida ifoda etilgan kuchli siyosiy iroda bilan aloqalarimizda yangi davr boshlangan.
Bitta ildizdan kelib chiqqan, umumiy til, din, tarih, madaniyat, ma’naviy merosni o’rtoqlashuvchi xalqlarimiz o’rtasidagi yaqinlik va qardoshlik hissiyoti, har qanday shartda aloqalarimizning kafolati sifatida himoyalanadi ve kelajak nasllarga omonat qilib qoldiriladi.
Hurmatli mehmonlar,
Turkiya dunyoning eng yirik on yettinchi iqtisodiyotiga va sakson millionlik aholiga ega. So’nggi o’n yilda o’sish sur’ati o’rtacha to’rt yarim foizga yetib, sanoatlashish sohasida ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Turklar uchun Ota Yurti hisoblangan O’zbekistonning o’ziga xos o’rni esa hammamizga ma’lum. Turk madaniyatining minglarcha yillik qadimiy yurti bo’lgan bu zamin, ham dinimizda, ham dunyoviy fanlarda Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Al Xorazmi, Ali Qushchidek o’z davridan o’zib, ta’sir yaratgan fan arboblari Imom al-Buxoriy, Imom Moturidiy, at-Termiziy kabi eng ulug’ olimlar yetishib chiqqan, yog’du taratgan zamindir.
Bugungi kunda O’zbekiston - Markaziy Osiyo aholisining miqdor bo’yicha yarmiga yaqini yashovchi kattalikda, o’qimishli, yosh, dinamik aholisi bilan chorak asrlik barpo bo’lish bosqichini yakuniga yetkazgan, mustaqilligini va xalqaro e’tiborini mustahkamlagan, chuqur ildiz otgan davlatchilik an’anasi, boy madaniyati, barqaror boshqaruvi ve taraqqiy etgan iqtisodiyoti bilanistiqboli porloq davlatdir. O’z mintaqasidagi barcha davlatlarga hamda Afg’onistonga qo’shni bo’lgan yagona davlat ekanligi jihatidan o’ziga xos geografik mavqega ham ega. O’zbekiston Hukumatining xalqaro miqyosda yuqori baho olgan yaxshi qo’shnichilik siyosati mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga va shunga bog’liq ravishda yangi loyihalarga ilhom bahsh etmoqda. O’zbekiston juda muhim islohotlarni amalga oshirmoqda. Mana shu oyning boshida O’zbekiston Hukumati tarixiy qaror chiqarib, yigirma bir yıl vaqt o’tgach valyutaning erkin kursiga qaytishni yo’lga qo’ydi. O’zbekiston Hukumatining so’nggi paytdagi mahalliy va xorijlik tadbirkorlarga, investorlarga qaratilgan qo’llovchi poziziyasi, biznes va sarmoya muhitini yaxshilash borasidagi qat’iy qadamlari va keng nazari O’zbekistonni har doimgidan da jozibali mamlakat darajasiga keltirmoqda.
Aziz do’stlar,
Prezidentlarimizning Samarqanddagi uchrashuvida tomonlar o’zaro namoyish etgan siyosiy irodadan, rahnamolarimizning do’stligi va xalqlarimizning qardoshligidan ilhomlangan aloqalarimiz avvalo savdo va investiziya sohalarida jadallashgan. Hamkorligimizga yangi nafas olib kirgan ushbu ijobiy o’zgarishlarning izchil mushtarak nazarga aylanishi uchun hammamiz birgalikda mas’uliyat olishimiz kerak bo’ladi.
Ikki ming o’n yettinchi yili bu yangi davrning poydevorini har sohada, avvalo iqtisodiyot sohasida mustahkamlash borasidagi ishlarimizni faollik bilan yuritamiz. Bu yil uchinchi marotaba o’tkazilayotgan Turk-O’zbek Biznes forumining bu maqsadga hissa qo’shishidan va
munosabatlarimizni bir qadam ilg’orlashiga yordam berishidan hech shubham yoq. Kelasi oyning oxirida esa O’zbekiston Respublikasining Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga so’nggi yigirma yil mobaynidagi eng muhim tarixiy rasmiy tashrifni amalga oshiradi. Prezidentlerimizning bu tashrif chog’idagi uchrashuvlari va imzolanadigan ko’p sonli bitimlar bilan
bizning bugungi kungacha sarflagan umumiy say-harakatlarimiz nishonlanadi.
Qadrli tadbirkorlarimiz!
Siz bu mintaqaga oshnosiz. Bu zaminda hech qachon o’zimizni begona his etmaganmiz. Tanishish yoki tanishtirishga ehtiyoj yo’q. O’zbekiston mustaqilligining birinchi yillarida, ancha qiyinroq sharoitlarda ming yillab sog’ingan qardoshlarimizning taklifi bo’yicha, milliy iqtisodiyotning tuzilish safarbarligiga qo’llarni birlashtirgan holda muhim hissalar qo’shdik. O’sha davrda biz amalga oshirgan loyihalar u kunlarning nishonasi o’laroq hamon hayotda. Geografik jihatdan yaqinliklari ve iqtisodiy buyukliklari bilan ahamiyatli ustunliklarga ega davlatlar bilan raqobat qilib, O’zbekistonning tashqi savdosida va investiziyalarida birinchi 5 o’ringa kiruvchi joyimizni saqlab qola olganimizni esa alohida yuqori baholash mumkin.
Tadbirkorlarimizning tashrif va tadbirlardan olgan taassurot, tilak va takliflarini chin ko’ngildan biz bilan baham ko’rishlarini kutib qolamiz. Bu narsa har ikkala Hukumatning kelgusida yuritadigan ishlariga yordam beradi. Elchixonamiz doimo Siz bilan birga bo’lishini
bilishingizni hohlardım.
So’zlarimni tugallamasdan avval, bu tashrifni tashkil etgan Istanbul Savdo palatasiga va uning raisi janob Ibrahim Çağlarga, delegaziyamizga, o’zbek mehmondo’stligining en chiroyli namunasini namoyish etgan Bosh vazir o’rinbosari janob Jamshid Qo’chqorovga va uning qadrli jamoasiga, ushbu tashrifga ishtirok etgan barcha mehmonlarimizga o’z minnatdorchiligimni izhor
etaman.
So’zlarimga bizga o’git bo’lgan bir o’zbek maqoli bilan yakun bermoqchiman:
“Birlashgan o’zar – birlashmagan to’zar”.
Omon bo’ling / E’tiboringiz uchun tashakkur.
dushanba - juma
09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00
ta'til kunlari 2026
| 31/12/2025 | 04/01/2026 | Yangi Yil Bayrami |
| 08/03/2026 | 09/03/2026 | Xalqaro Xotin-qizlar kuni |
| 20/03/2026 | 20/03/2026 | Ramazon Hayiti |
| 23/03/2026 | 23/03/2026 | Navro‘z |
| 09/05/2026 | 11/05/2026 | Xotira va qadrlash kuni |
| 27/05/2026 | 29/05/2026 | Qurbon Hayiti |
| 01/09/2026 | 01/09/2026 | Mustaqillik kuni |
| 01/10/2026 | 01/10/2026 | Ustoz va murabbiylar kuni |
| 29/10/2026 | 29/10/2026 | Respublika kuni |
| 08/12/2026 | 08/12/2026 | Konstitutsiya kuni |
+ 90 312 292 29 29
TÜRKIYEDA INVESTITSIYA IMKONIYATLARI