Büyükelçinin Mesajı

Elchi Ufuk Ulutash murojaati

Hurmatli O'zbekistonda istiqomat qiluvchi fuqarolarimiz!

Aziz o'zbekistonlik birodarlarimiz!

Men 2025-yil 27-fevraldan boshlab Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida o’z faoliyatimni boshladim.

Do‘st va qardosh O‘zbekiston bilan rasmiy munosabatlarimiz 1992-yil 4-martda o‘rnatilgan bo‘lsa-da, tilimiz, madaniyatimiz, tariximiz mushtarakligi, ajdodlarimizning boy merosi tufayli asrlar osha chuqur ildiz otgan aloqalarimiz bor.

O‘zbekiston mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan Turkiya, O‘zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo, turizm, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va mudofaa sohalarida hamkorlikni kundan-kunga rivojlantirmoqda.

Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar biz qardoshlik asosida qurgan keng qamrovli strategik sheriklik darajasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Prezidentimiz va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan dono, oqilona va uzoqni ko‘zlagan yo‘nalish tufayli biz ikki tomonlama munosabatlarimizning oltin davriga yetib keldik.

Elchixonamiz faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni xalqlarimizning o‘zaro manfaatlariga, global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va farovonlikka xizmat qiladigan tarzda yo‘lga qo‘yishdir.

Shu nuqtai nazardan, biz savdo va sarmoya sohasidagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadigan turk ishbilarmonlarining O‘zbekistonda “Uchinchi Renessans” va “Yangi O‘zbekiston” shiorlari bilan boshlangan islohot va taraqqiyot tashabbuslariga qo‘shgan hissalarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Biz mamlakatlarimiz, qolaversa butun mintaqa manfaati yo‘lida ta’lim, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi hamkorligimiz ko‘lamini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarimizni jadallashtiramiz.

Mohiyatan bir daraxt poyasidan ikki shoxdek bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-insoniy aloqalarni yanada mustahkamlanishi maqsadida hamkorlikdagi madaniy tadbirlarimiz, sayyohlik faoliyatlarimiz samaradorligini oshirishga e’tibor qaratamiz.

Biz geosiyosiy mavqei, siyosiy tajribasi va inson resurslari salohiyati bilan bir-birini to‘ldiradigan ikki asosiy ishtirokchi bo‘lgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama, mintaqaviy va global hamkorlikni maksimal darajada oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni kuchaytiramiz.

Do‘st va qardosh yurtimiz, Markaziy Osiyoning yuragi, tarixiy Buyuk ipak yo‘lining barhayot timsoli, Turkiy dunyoning muhim arbobi bo‘lgan O‘zbekistonda bu sharafli burchni bajarish chog‘ida sizdan zarur qo’llov ko‘rishimga to‘liq ishonaman.

Elchixonamiz va Konsullik boʻlimi eshiklari bugungi kungacha boʻlgani kabi barcha fuqarolarimiz uchun hamisha ochiq boʻladi.

Shu munosabat bilan barchangizga o'zimning eng samimiy hurmat va ehtiromimni bildiraman. Birinchi imkoniyatdayoq tanishib, ko'rishguncha...

Ufuk Ulutash
Favqulodda va muxtor elchi

Atatürk

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

01/01/2022 04/01/2022
08/03/2022
21/03/2022 23/03/2022
09/05/2022
10/07/2022 11/07/2022
01/09/2022 02/09/2022
01/10/2022
29/10/2022
08/12/2022