O'zbekiston Fuqarolarining Ishonchnoma (Vakolatnoma) Ishlari, 17.01.2023

Har qanday notarial amaliyotlar uchun Elchixonamizga shaxsan murojaat qilinishi shart.

(Turkiya fuqarosi bo’lmagan shaxslar turk tilini bilishini tasdiqlovchi diplom / davlat tomondan berilgan sertifikat yoki Elchixona ro’yxatida turuvchi tarjimon bilan kelishlari, shuningdek, pasportlarining tarjimalarini Turkiyadagi notariuslardan birida tasdiqlatishlari shart!)

ISHONCHNOMA (TURKIYA FUQAROLARI UCHUN)

Murojaat uchun kerakli hujjat va ma’lumotlar:

- T.R. Kimlik hujjati asli.

- Pasporti.

- O’zbekistonda yashash guvohnomasi (mavjud bo’lsa)

- Turkiya fuqaroligidan chiqqan fuqarolarning moviy kartasining asli va ikki dona nusxasi

- So’nggi olti oy ichida olingan 2 dona rangli rasm

- Ishonchnoma berilayotgan shaxs ma’lumotlari (ism-familiyasi, qayerda va qachon tuğilganligi, T.R. kimlik raqami)

Shuningdek,

-
DAVO/ADVOKAT UCHUN BERILADIGAN ISHONCHNOMALARDA: Advokatning ism-familiyasi, a’zo bo’lgan uyushmasi, a’zo bo’lgan uyishmasining guvohnomasi va T.R. Kimlik raqami

-
KO’CHMAS MULK OLDI-SOTDISI VA QURILISH UCHUN: Ko’chmas mulk ma’lumotlari

-
MOTORLI AVTOMOBIL OLDI-SOTDISI UCHUN: Avtomobilning texnik ma’lumotlari

-
BANK AMALIYOTLARI UCHUN: Bank hisob ma’lumotlari

-
KOORPARATIVLARGA A’ZOLIK, DIVIDENT OLISH VA BOSHQANING NOMIGA O’TKAZISH UCHUN: Kooperativ raqami, Kooperativ manzili va a’zolik raqami

-
TELEFON BILAN BOG’LIQ AMALIYOTLAR UCHUN: Telefon firmasining nomi, ulanadigan manzil ma’lumotlari

-
NAFAQAGA CHIQISH ISHLARI: Nafaqa hujjati va nafaqa guvohnomasi

AZILNOMA (ISHONCHNOMANI BEKOR QILISH UCHUN)

Murojaat paytida talab etiladigan hujjat va ma’lumotlar

- T.R. Kimlik hujjati asli

- T.R. pasporti (mavjud bo’lsa)

- O’zbekistonda yashash guvohnomasi (mavjud bo’lsa)

- Turkiya fuqaroligidan chiqqan fuqarolarning moviy kartasining asli va ikki dona nusxasi

- So’nggi olti oy ichida olingan 2 dona rangli rasm

- Ishonchnoma tayyorlangan notarius, sana va tartib raqami, imkoni bo’lsa ishonchnoma nusxasi, vakilning ism-familiyasi, joriy manzili

MUVAFAKATNOMA (ROZILIK XATI)

Voyaga yetmagan farzandlari Turkiyada pasport olish uchun murojaat qila olishlari uchun ota-onaning roziligi shart.

Pasport yoki har qanday mavzuda rozilik xati tayyorlanishi uchun konsulligimizga rozilik beruvchi shaxsning o’zi shaxsan murojaat qilishi lozim.

Murojaat paytida talab etiladigan hujjat va ma’lumotlar:

- T.R. Kimlik hujjati asli va 2 dona nusxasi

- T.R. pasporti (mavjud bo’lsa)

- O’zbekistonda yashash guvohnomasi (mavjud bo’lsa)

- Turkiya fuqaroligidan chiqqan fuqarolarning moviy kartasining asli

- Rozilik xatining mavzusiga oid batafsil ma’lumot (Haj, Umra, shaxs, uy, yer, bank va h.k.)

TAAHUTNOMA (KAFILLIK XATI)

Murojaat paytida talab etiladigan hujjat va ma’lumotlar:

- T.R. Kimlik hujjati asli

- T.R. pasporti (mavjud bo’lsa)

- O’zbekistonda yashash guvohnomasi (mavjud bo’lsa)

- Turkiya fuqaroligidan chiqqan fuqarolarning moviy kartasining asli

Muhim eslatma-1: Notarius/ishonchnoma shablonlarida mavjud bo’lmagan va maxsus matnga ega bo’lgan ishonchnoma nusxalarini tayyorlash uchun murojaatdan avval yoki murojaat vaqtida “Word” formatda Elchixonamizning


embassy.tashkent@mfa.gov.tr
elektron pochtasiga yuborilishi alohida ahamiyatga ega.

Muhim eslatma-2: 65 yoshdan oshgan fuqarolarimizdan, ayniqsa, moddiy mavzularga oid ishonchnoma murojaatlar asnosida ishonchnoma tayyorlanadigan sanada olingan “xatti-harakatlarni tahlil qila olish imkoniyatiga ega ekanligi” haqida shifoxona/doktordan ma’lumotnoma taqdim etilishini talab qilishi mumkin.

Muhim eslatma-3: O’qish-yozishni bilmaydiganlarning notarial xizmatdan foydalana olishlari uchun, Notarial qonunning 87-moddasiga muvofiq, qarindoshlik rishtalari mavjud bo’lmagan ikki guvoh bilan kelishlari lozim.

Muhim eslatma-4: Har qanday notarial amaliyot uchun faqat naqd pul ko’rinishida AQSh dollari qabul qilinadi.

Bepul import

Chet elda yashovchi fuqarolarimiz Turkiyaga butunlay qaytib keladigan bo’lsa, bepul import huquqidan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Tijorat Vazirligi Bojxonalar Bosh boshqarmasining internet sahifasidan batafsil ma’lumot olinishi mumkin.

Fuqarolarimiz bu huquqdan foydalana olishlari uchun Elchixonamizdan “O’zbekistonda yashaganligini ko’rsatadigan ma’lumotnoma” olishlari talab etiladi.


Atatürk

dushanba - juma

09:00 - 12.30 / 13:30 - 18.00

Telefonla bilgi talepleri 14.00-17:00 saatleri arasında yanıtlanmaktadır.
01/01/2022 04/01/2022
08/03/2022
21/03/2022 23/03/2022
09/05/2022
10/07/2022 11/07/2022
01/09/2022 02/09/2022
01/10/2022
29/10/2022
08/12/2022